Yovich uchun MYu ham kurashga qo‘shildi
"Manchester Yunayted" "Real" hujumchisi Luka Yovich uchun navbatdagi da’vogarga aylandi.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “qizil iblislar” 22 yoshli serbiyalik futbolchini joriy yozgi transferlar oynasi yopilishi oldidan ijaraga olmoqchi. Mankunianliklar Yovichni urugvaylik qimmatbaho hujumchi Edinson Kavanining muqobili sifatida ko‘rmoqda.
Bundan avvalroq, Yovichga "Roma", "Milan", "Inter", "Lester" va "Ayntraxt" klublaridan ham qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yovich “Real” safiga 2019 yil “Ayntraxt”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan mavsum 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar