"Yuve" vitse-prezidenti: "Real" va "Siti" EChL unvoni uchun favorit, biz esa "Lion"ni mag‘lub etishimiz kerak

  • 10 iyul, 2020, 23:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" vitse-prezidenti Pavel Nedved Evropa chempionlar ligasidagi turinliklarning yurishi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Birinchi navbatda "Lion" to‘sig‘idan o‘tib olishimiz kerak, bizni oldinda qayin o‘yin kutib turibdi.

Chorak finalda raqib tanlash qiyin, chunki bu bosqichga faqat kuchli jamoalar chiqa oladi.

"Real" va "Manchester Siti" unvon uchun asosiy da’vogar klublar, ammo qanday holatda ham ikkala klub bilan o‘yin oson bo‘lmaydi.

Asosiy maqsadimiz Lissabondagi pley-offga yo‘l olish. Bu formatdagi bahslar barcha uchun qiziqarli. Butun dunyo futbol muxlislarini ajoyib uchrashuvlar kutib turibdi", - deydi Nedved.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!