"Yuventus", "Milan" va "Manchester Yunayted" bir o‘yinchi uchun kurashni boshladi
Bir vaqtning o‘zida uchta yirik klub — "Yuventus", "Milan" va "Manchester Yunayted" "Nyukasl" hamda Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Sandro Tonalini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashni boshladi.
"Calciomercato" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, hozircha muzokaralarga eng yaqin klub — "Yuventus". Turinliklar 26 yoshli futbolchini qishki transfer oynasidayoq sotib olish niyatida.
Joriy mavsumda Tonali barcha musobaqalar doirasida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma berdi. Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Futbolchining o‘zi esa Italiya A Seriyasiga qaytishni rad etmayapti. Lekin hozirgi kunda bor e’tiborini "qarg‘alar" uchun qaratganini ta’kidlamoqda.



Fikrlar