"Yuventus" Alisson transferi bo‘yicha muzokara boshladi
Turinning "Yuventus" klubi "Liverpul" darvozaboni Alisson Bekerni transfer qilish uchun harakat boshladi.
Tuttosport maʼlumotiga koʻra, italyaliklar 33 yoshli posbon uchun “Liverpul”ga 5 million yevro miqdoridagi ilk taklifni yuborgan. Mersisaydliklar esa braziliyalik darvozabonni taxminan 20 million yevroga baholamoqda.
Shunga qaramay, “Yuventus” muzokaralar davomida narxni pasaytirishga umid qilmoqda. Manbaga koʻra, Alissonning oʻzi ham A Seriyaga qaytishga qiziqish bildirgan.
Turin klubi sobiq “Roma” posboniga 3 yillik shartnoma va mavsum uchun 4,5 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
“Yuventus” rahbariyati Alissonni yangi loyihaning ilk yirik transferi sifatida koʻrmoqda.
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot esa tajribali darvozabonning ketishi jamoa muhitiga salbiy taʼsir qilishi mumkinligidan xavotirda.
Shuningdek, Alisson kelajagi borasidagi noaniqlik Georgiy Mamardashvili haqidagi xabarlar bilan ham kuchaymoqda. Gruziyalik darvozabon oʻtgan yozda Alissonning ehtimoliy oʻrinbosari sifatida transfer qilingan edi va hozirda uni A Seriya klublariga ijara asosida taklif qilishmoqda.
Agar Alisson transferi amalga oshmasa, “Yuventus” boshqa variantlarni ham koʻrib chiqadi. Ular orasida “Fiorentina” posboni David de Xea ham bor.

Fikrlar