"Yuventus" Allegriga yangi shartnoma taklif qildi

  • 16 may, 2019, 16:38
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

La Stampa nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kecha oqshom "Yuventus" prezidenti Andrea Anelli jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan uchrashgan. Xabarda aytilishicha, tomonlar kelajakdagi ishlar borasida fikr almashishgan va Allegriga yangi shartnoma imzolash borasida taklif bildirilgan.

Unga ko‘ra, yangi bitim 2021 yilga qadar imzolanadi va italiyalik mutaxassisning maoshi ham oshadi. Ma’lumot uchun, u hozirda yiliga 7,5 mln evro maosh olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq "keksa sinora" rahbariyati Allegrining o‘rniga Pochettino, Sarri, Inzagi kabi mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqayotgani borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!