"Yuventus" "Atletiko Madrid" futbolchisini nishonga oldi
Turinning "Yuventus" klubi argentinalik Tьago Almada xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga koʻra, "zebralar" "Atletiko" futbolchisini, bundan tashqari "Liverpul" vingeri Federico Kьezani muqobil variant sifatida koʻrmoqda. Biroq, hozirda "matraschilar" oʻz futbolchisini sotishni emas, balki uni ijaraга berish haqida oʻylamoqda. Almada 2025 yilning yozida jamoaga qoʻshilgandi. Madrid klubi futbolchi uchun 20 million yevro sarflagan. Lekin yarim himoyachi jamoaning asosiy tarkibidan joy topa olmayapti. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarimida yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, 24 yoshli xavbek joriy mavsumda umumiy 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar