"Yuventus" Brunu Fernandeshga qiziqmoqda
«Yuventus» klubi «Manchester Yunayted» jamoasi sardori va markaziy yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshga qiziqish bildirmoqda. Italyan grandi rahbariyati Luchano Spalletti qo‘l ostidagi jamoaning texnik salohiyatini oshirishni maqsad qilgani aytilayotir. Bu haqida Caught Offside nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, turinliklar 31 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi masalasini uning vakillari bilan muhokama qilgan. Ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» Fernandesh uchun 50–75 million yevro atrofida to‘lov so‘rashi mumkin. Bu summa, futbolchining yuqori maoshi bilan birga olinganda, transferni amalga oshirishda jiddiy to‘siqqa aylanishi ehtimol qilinmoqda. Shu bilan birga, portugaliyalik yarimhimoyachi va mankuniyanliklar o‘rtasida amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar ham olg‘a siljigani qayd etilgan.
Fernandesh «Manchester Yunayted» tarkibiga 2020 yil yanvar oyida qo‘shilgan. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma berdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Brunu Fernandeshning bozor qiymati 35 million yevro atrofida baholanmoqda.
Futbol tarixidagi eng qimmat transfer:

Fikrlar