"Yuventus" "Chelsi" himoyachisini ijaraga olmoqchi
Kalidu Kulibali "Yuventus"ga o‘tishi mumkin. "La Gazatte Dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, senegallik himoyachi xizmatlariga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.
Turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yana bir markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi va klub rahbariyatidan agar shunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, Kulibalining transferini so‘radi.
Jamoa rahbarlari futbolchini sotib olish shartisiz ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. "Yuve"ga o‘tish uchun Kulibali maoshini yiliga 10 million evrodan 7 millionga kamayishiga rozi bo‘lishi kerak.
Manbaning ma’lum qilishicha, Allegri allaqachon "Chelsi" himoyachisi bilan bog‘langan. Murabbiy Kaliduga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan ishlash istagi borligini aytdi. Futbolchi murabbiyga qiziqish uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq hech narsa va’da qilmadi.



Fikrlar