"Yuventus" "Chelsi"ning taklifini rad qildi
Ayni paytda "Yuventus" va "Chelsi" hujumchilarini almashtirish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. "Aristokratlar" Turin klubiga Lukakuga 20 million evro qo‘shib bermoqchi edi. Ammo Italiyaliklar bu taklifni rad qildi, deya xabar bermoqda insayder Nikola Skira.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" ko‘proq pul istamoqda. Agarda "Chelsi" o‘z taklifini yaxshilasa, Dushan Londonga yo‘l olishga tayyor. Uning o‘zi ham Pochettino qo‘l ostida to‘p tepishni istaydi.
Avvalroq, Lukakuga Saudiya Arabistonidan qiziqishlar borligi haqda mish-mishlar bor edi. Uni "Inter" ham sotib olmoqchi bo‘lgandi. Ammo "Chelsi" bilan kelisha olmadi.
Fikrlar