"Yuventus" dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 28.01.2022 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Jorjino faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

30 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Yuventus"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra,  Jorjino "keksa sinora"ning mavsumlar oralig‘idagi eng asosiy transfer maqsadiga aylangan.

“Yuventus” bundan tashqari "Barselona"ning niderlandiyalik xavbeki Frenki de Yonga ham qiziqmoqda.

Jorjino joriy mavsum "Chelsi" safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi 45 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!