
"Yuventus" futbolchisi avtogol urgan o‘yinda Turkiya qiyin g‘alabaga erishdi (video)
JCh-2022 saralashi Evropa mintaqasi “G” guruhining 8-turida Turkiya safarda Latviya mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda 1:2 hisobida mehmonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni Serder Dursun (76') va Burak Yilmaz (90+9') Turkiya safida gol muallifi bo‘ldi. Biroq Latviya hisobiga yozilgan yagona gol ham turk futbolchisi tomonidan kiritildi. Merix Demiral 70-daqiqada kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar