"Yuventus" futbolchisi uchun APL gigantlari kurashmoqda

  • 12.05.2026 13:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" futbolchisi Andrea Kambyaso faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Teamtalk" xabariga ko‘ra, 26 yoshli himoyachiga APLning uchta yirik klubi qiziqish bildirmoqda. Gap "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Liverpul" haqida ketmoqda.

Manbaga ko‘ra, transfer yozgi transferlar oynasida amalga oshishi mumkin. "Yuventus" esa o‘z himoyachisini taxminan 60 million yevroga baholamoqda.

Kambyaso joriy mavsum Italiya A seriyasida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!