"Yuventus" futbolchisiga APLdan xaridorlar bor!
"Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuram faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. "Calciomercato" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" fransuz futbolchisini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.
Ingliz klublari 24 yoshli yarim himoyachi uchun 75 million yevro to‘lashga tayyor. Kefren 2024 yilda "Nitsa"dan "Yuventus"ga 20 million yevro evaziga o‘tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Tyuram Turin klubi safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va to‘rtta golli uzatma bergan. Transfermarkt Tyuraming narxini 40 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar