“Yuventus” himoyachisi “Barselona”ga o‘tmoqchi

  • 06.06.2026 17:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" yarim himoyachisi Andrea Kambiaso faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi. Bu ma'lumotni insayder Nikolo Skira ma'lum qildi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Kambiaso "Barselona"da o‘ynash imkoniyatiga juda qiziqmoqda. Ayni paytda kataloniyaliklar himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda va Kambiaso kuchaytiriladigan nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ta'kidlanishicha, "Yuventus" 26 yoshli italyanlikni sotishdan kamida 30 million yevro ishlab olmoqchi.

O‘tgan mavsumda Kambiaso barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq Kambiaso yozgi transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishga tayyor ekani xabar qilingan edi.       

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!