"Yuventus" hujumchisi Angliya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 27.09.2025 16:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Dushan Vlaxovich xizmatlariga APLning ikki grandi qiziqish bildirmoqda.

"La Gazetta dello Sport" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, "zebralar" serbiyalik hujumchini qishgi transferlar bozorida sotib yuborishni maqsad qilmoqda. Sababi, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Shuning uchun, turinliklar uni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun qishda sotishga qaror qilgan. Straykerning "Transfermarkt"dagi transfer narxi 35 million evroni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, Vlaxovich joriy mavsumda umumiy 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!