
"Yuventus" hujumchisi terma jamoa yig‘iniga bormaydi
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala Argentina terma jamoasiga chaqirilmadi. Terma jamoa matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab yig‘inni o‘tkazib yuboradi.
Dibala Italiya chempionati 7-turi doirasida "Latsio"ga qarshi o‘yinning 76-daqiqasida Krishtianu Ronalduning o‘rniga maydonga tushdi. Biroq uning xatosidan so‘ng, rimliklar tashkil etgan hujum gol bilan yakunlandi.
Argentina terma jamoasi "JCh-2022" saralash bosqichida Paragvay (13 noyabr) va Peru (18 noyabr) bilan bahs olib boradi.
Fikrlar