
"Yuventus" Iguain o‘rniga "Napoli" hujumchisini sotib olmoqchi
"Yuventus" klubi mavsumlar oralig‘idagi transferlar davrida "Napoli" forvardi Arkadiush Milikni tarkibga jalb etmoqchi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar 26 yoshli polshalik futbolchini yozda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Gonsalo Iguain o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda. Milikka esa “Milan”dan ham qiziqishlar mavjud.
Milik “Napoli” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 9 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar