"Yuventus" Iguain bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Gonsalo Iguaino bilan hamkorlikni muddatidan avval to‘xatmoqchi.
Tuttosport nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli argentinalik futbolchi qachon mashg‘ulotlar boshlanishi va qachon Italiyaga qaytishi masalasida “keksa sinora” bilan aloqaga chiqmayapti. U mart oyi o‘rtalarida onasining betobligi tufayli vataniga jo‘nab ketgan edi.
Iguainning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar