"Yuventus" Iguainga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 27 yanvar, 2020, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi argentinalik hujumchi Gonsalo Iguain bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” 32 yoshli futbolchiga 2022 yilga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2020/21 yilga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, Iguain 2016 yildan buyon “Yuventus” sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!