
“Yuventus” katta transferni kutmoqda
“Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik yozgi transferlar vaqtida “Yuventus”ga o‘tishga rozi bo‘ldi.
Aslida neapolliklar chempionatdagi raqobatchisini kuchayib ketmasligi uchun hujumchini Turinga jo‘natmoqchi emas. Shuning uchun ular “Tottenxem” va “Atletiko” bilan ham muzokara o‘tkazdi.
Agar Milik “Yuventus” variantidan qaytmasa, “Napoli” turinliklardan pul emas, balki bir necha futbolchini olishga harakat qiladi.
Joriy chempionatda Milik 19 ta uchrashuvda 10 ta gol urdi.
Fikrlar