“Yuve” ikkita supertransferga qo‘l uradi

  • 19.04.2022 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” rahbariyati yozgi transferlar uchun ikkita asosiy nishonni belgiladi. Ular maydon markazini kuchaytirish uchun ikki yarim himoyachi – “Monako”dan Orelen Tchuameni va “Chelsi”dan Jorjinoni olib kelmoqchi.

Frantsiyalik futbolchining agenti Ivan Le Me turinliklar Orelenga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.

Mutaxassislarning ta’kilashicha, 22 yoshli futbolchining transferi “Yuventus” kelajak uchun tayyorlagan qudratli loyiha borligidan va ular bu yarim himoyachi uchun katta xarajat qilishga tayyorligidan dalolat beradi.

Jorjinoning transferi esa, u qadar murakkab bo‘lmaydi. Chunki “Chelsi” atrofida yuzaga kelgan hozirgi vaziyat ta’sirida ko‘p o‘yinchilar o‘ziga yangi jamoa qidira boshlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!