"Yuventus" "Milan" himoyachisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 24 dekabr, 2024, 16:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fikayo Tomori "Milan"dan "Yuventus"ga o‘tishi mumkin. Turin klubi 27 yoshli himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Sport Mediaset" nashri xabar berdi.

Transfer bo‘yicha muzokaralar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Sababi, 3 yanvar kuni "Milan" va "Yuventus" Italiya Superkubogi uchun bahs olib boradi. Qayd etilishicha, "Milan" klubi futbolchi uchun taxminan 30 million evro so‘ramoqda.

"Yuventus" esa o‘z navbatida, futbolchini 15 million evrodan oshmaydigan to‘lov majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor.

Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsumda A Seriyada 9 ta bahsda ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!