"Yuventus" Rakitichni endi qishki transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘radi
Yozgi transferlar davrida xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitichning transferi masalasida «Barselona» bilan kelishuvga erisha olmagan «Yuventus» endi qishki transferlar davrida bunga yana bir bor urunib ko‘rmoqchi. Bu haqda TuttoSport nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq «keksa sinora» 31 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, uzoq davom etgan muzokaralarga qaramay klublar o‘zaro bir qarorga kela olishmadi. Aniqrog‘i, kataloniyadiklar Rakitichni Emre Janga almashtirishni xohlashmadi.
Ma’lumot uchun, Rakitichning «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar