“Yuventus” “Roma” hujumidan futbolchi oladi. U kim ekan?

  • 18 yanvar, 2022, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” hujumkor futbolisi Nikolo Dzanolo “Yuventus” nishoniga tushdi. Turinliklar argentinalik hujumchi Paulo Dibala o‘rniga italiyalik yulduzni olib kelmoqchi.

Gap shundaki, klub va Dibala o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha kelishuv anchadan beri davom etadi. Yaqinda ular o‘zaro kelishib olgandek bo‘lgandi. Biroq, “Yuventus” xo‘jayinlari maosh masalasini qayta ko‘rib chiqishga qaror qilganidan keyin Dibala shartnomani qabul qilmaydigan bo‘ldi.

Avvalga Krishtianu Ronaldu soyasida qolib ketgani ta’kidlangan Paulu portugaliyalik to‘purar ketganidan keyin ham u qayd etgan ko‘rsatkichlarni takrorlay olmadi. Hozir Turin klubi hujum chizig‘ini kuchaytiradigan o‘yinchilarga ehtiyoj sezmoqda.

22 yoshli Nikolo Dzanolo anchadan beri A Seriya grandlarini qiziqtirib keladi. Uning “bo‘rilar” bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Rim klubi ham iste’dodli tarbiyalanuvchisiga yangi bitim berishni maqsad qilgan.

Dzanoloning o‘zi yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynashni istayapti. “Roma” bunday klubga aylanishi uchun hali ancha vaqt kerak ekani ko‘rinib qoldi. Nikolo joriy mavsumda A Seriya va Konferentsiyalar ligasida jami 24 ta uchrashuvda qatnashib, uchtadan gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Uning transfer summasi 33 million evroni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” o‘tgan yili yanvarda va yozgi transferlar mavsumida Eldor Shomurodovga ham qiziqish bildirgan edi.

regnum_picture_155757917294847_normal

Mourinoga “Bavariya” o‘yinchisi kerak

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, “Bavariya” himoyachisi Buna Sarrning xaridorlari safi kengayib bormoqda.

Senegallik tajribali futbolchiga “Roma” skautlari ham e’tibor qaratgan. Joze Mourino Rim klubiga katta jamoalar “nonini egan” futbolchilarni olib kelishga alohida e’tibor qaratmoqda.

“Bavariya” Buna Sarrni 2020 yili “Marsel”dan transfer qilib, 2024 yilning yarmigacha bitim tuzgan edi. 29 yoshli futbolchi joriy mavsumda jami o‘n marotaba maydonga tushib, bitta gol urishga ham erishdi.

Buna Sarrga “Roma”dan tashqari “Bordo”, “Lill” va “Jenoa” kabi jamoalar taklif bilan chiqqani aytilmoqda. Uning transfer summasi keskin pasayib ketgan va hozir 3 million evroni tashkil qilmoqda.

1632409100_sarr

Sardor tekshiruvdan o‘tkazildi

“Roma” sardori Lorentso Pellegrini jarohatidan tiklanib, “Kalyari”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi kutilgandi. Biroq o‘yinoldi mashg‘ulotida u yana shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lib qoldi.

25 yoshli futbolchi jarohat olgan oyog‘ida og‘riq sezgan va mashg‘ulotlarni to‘xtatgan. Tabiiyki, o‘yinda ham qatnashmadi.

Lorentso chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Mutaxassislar u mashq qilishni vaqtida to‘xtatganini ta’kidlamoqda. Unda yangi jarohat aniqlanmagan. Uni avvalgi jarohatidan qolgan chandiqda shamollash jarayoni ketayotgani bois, og‘riq bezovta qilgan.

Endi Pellegrini yana bir necha kun tibbiy muolaja olishi talab etiladi.

11908806

Mourino “Roma”da qoladigan bo‘ldi

Bosh murabbiy Rafael Benitesga javob berib yuborgan “Everton” bu lavozimga nomzodlar orasiga Joze Mourinoni ham qo‘shgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, Joze Mourino vaziyat chigallashib ketmasidan liverpulliklarga rad javobini bergan.

Portugaliyalik mutaxassis ayni paytda bor e’tiborini “Roma”ning uch yillik loyihasini amalga oshirishga qaratgan. Uning oldiga jamoani grand klublar qatoriga qo‘shib, Evropa Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etishi va sovrinli o‘rinlar uchun kurashishini ta’minlash vazifasi qo‘yilgan.

Avvalroq, Joze Mourinoga “Nyukasl” ham taklif bilan chiqib, uni Angliyaga qaytishga ko‘ndira olmagan edi.

01_1362

Mourino avjida. U yana bir futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!

Rasman: Shomurodovning sobiq jamoasi “Roma”dan futbolchi oldi

“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!

Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!

 “Roma”da yaxshi yangilik!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!