"Yuventus" "Sevilya" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 23.01.2026 15:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" "Sevilya"ning oʻng qanot himoyachisi Xuanlu Sanchesni sotib olishga qiziqmoqda. Jurnalist Janluka Di Marsioning soʻzlariga koʻra, Turin klubi 22 yoshli futbolchini Pyer Kaluluning oʻrnini bosuvchi sifatida koʻrmoqda.

Agar Ispaniya jamoasi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga berishga rozi boʻlsa, tomonlar kelishuvga erishish mumkin. "Yuventus" hali transferni amalga oshirishga tayyor emas. Xuanlu Sanches "Sevilya"ning yoshlar jamoasidan chiqqan.

Uning "oq-qizillar" bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Bu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uni 15 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!