"Yuventus" Turinda SPALga hech qanday imkon qoldirmadi (video)

  • 28.01.2021 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Italiya kubogining chorak final bosqichida “Yuventus” o‘z maydonida SPALni qabul qildi.

Turindagi o‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligida kechdi va bu yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. Alvaro Morata (16'), Janluka Frabotta (33'), Deyan Kulusevski (78') va Federiko Keza (90') tomonidan kiritilgan gollar “Yuventus”ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!