"Yuventus" va "Manchester Siti" klublari sobiq futbolchisi faoliyatidagi 15-jamoa bilan shartnoma imzoladi

  • 12 sentabr, 2018, 22:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bolgariyalik mashhur hujumchi Valeriy Bojinov mamlakatning "Botev" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 32 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shildi. E’tiborlisi, Bojinov uchun bu faoliyati davomidagi 15-jamoa bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Bojinov faoliyati davomida "Lechche", "Fiorentina", "Yuventus", "Manchester Siti", "Parma", "Sporting", "Verona", "Vichentsa", "Levski", "Ternana", "Partizan", "Meychjou Xaka", "Lozanna" va "Rieka" klublarida to‘p surgan. Bolgariya terma jamoasi safida esa 46ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!