"Yuventus" va PSJ "Bavariya" himoyachisi uchun xaridor

  • 11 oktabr, 2020, 02:43
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi David Alaba boshqa jamoa libosini kiyishi mumkin. Bu haqida "Football Italia" xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, avstriyalik futbolchi uchun kurashda "Yuventus" favorit hisoblanmoqda. Ammo Alabaga Frantsiya chempionatidan ham qiziqish bor. Yaqinda o‘z etakchisi Tyago Silvani erkin agent sifatida qo‘yib yuborgan PSJ 28 yoshli fulbek xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Davidning o‘zi hamon "Bavariya"dan yiliga 25 mln evro atrofidagi 5 yilga mo‘ljallangan shartnoma kutyapti. Avvalroq, klub rahbariyati himoyachi so‘rayotgan pulni to‘lashga qodir emasligini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!