"Yuventus" va "Real" Eriksen bilan muzokaralarni boshlamoqchi
“Yuventus” va “Real” klublari tez orada “Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen bilan muzokaralarni boshlashadi.
Aytish kerakki, 27 yoshli daniyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi va shu sababli u yanvardan boshlab istagan jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” o‘z vaqtida Pol Pogba, Adrien Rabo va Aaron Remzi kabi futbolchilarni erkin agent sifatida tekinga o‘z safiga qo‘shib olgan. Ular bu safar ham shu usulni qo‘llab, Eriksenni tekinga qo‘lga kiritishmoqchi.
Corriere dello Sport va Sky Sports UK nashrlarining xabar berishicha “Yuventus” Eriksen bilan muzokaralarga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum “Tottenxem” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar