
“Yuventus” va “Yunayted” futbolchi almashadi
Turin superklubi keyingi paytda o‘ziga kerakli bo‘lgan futbolchilarni o‘z o‘yinchisi bilan almashtirish usulidan foydalanishga ko‘p harakat qilmoqda.
“Yuventus” yozda “Manchester Yunayted”dan himoyachi Aleks Tellesni olib, o‘rniga murabbiylar shtabining kelajakdagi rejalariga kirmaydigan yarim himoyachi Adrien Raboni berishga tayyor ekanini bildirdi.
Katta umidlar bilan Manchesterga taklif qilingan Aleks Telles esa, ichki raqobatda Lyuk Shouga imkoniyatni boy berib qo‘ygan va asosiy tarkibga kira olmayapti.
“Manchester Yunayted” ham anchadan beri Adrien Raboga qiziqish bildirayotganini inobatga olsak, bu rokirovkaning amalga oshish ehtimoli katta.
Fikrlar