"Yuventus" xorvatiyalik himoyachidan qutildi

  • 01.09.2023 19:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi chap qanot himoyachisi Marko Pyatsa Xorvatiyaning "Rieka" klubi futbolchisiga aylandi. Xorvatiyalik futbolchining kelgani haqida uning yangi klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. 28 yoshli futbolchining "Rieka" bilan shartnomasi muddati hozircha oshkor etilmagan.

Pyatsa Zagrebning "Dinamo" va "Lokomotiv" klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yilda "Dinamo" lageridan "Yuventus"ga o‘tgan va shundan so‘ng 7 marta ijara asosida o‘tgan - "Shalke", "Fiorentina", "Anderlext", "Jenoa", "Torino" va "Empoli"da.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portali xorvatiyalik futbolchini 1,7 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!