“Yuventus” yarim himoyani “Real” futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi
Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos “Yuventus” klubi qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
Italiya OAVlari xabar qilishicha, turinliklar bir nechta transferlar amalga oshmagach, 27 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqchi. Kroos 70 million evroga baholanyapti, ammo “Real” futbolchini sotmoqchi emas.
Kroos o‘tgan yilning oktyabr oyida madridliklar bilan tuzgan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirib, yiliga 10 million evro maoshni olishni belgilab olgan edi.



Fikrlar