"Yuventus" yozda "Barselona" etakchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 6 yanvar, 2019, 15:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi "Barselona" himoyachisi Jordi Albaga jiddiy qiziqib qoldi.

Tecno

Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra "keksa sinora" 29 yoshli ispaniyalik futbolchini mavsum yakunlangach sotib olishga urunib ko‘rmoqchi. Turinliklar Albaga jamoadan ketishi kutilayotgan Aleks Sandroga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Qayd etish lozimki, Albaning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan va tomonlar hozircha ushbu kelishuvni uzaytirish borasida kelishuvga erisha olishmayati. "Yuventus" aynan mana shundan foydalanib futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Alba joriy mavsum "Barselona" safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning taxminiy transfer bahosi 70 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!