"Yuventus"ga Luis Enrike kerak

  • 01.05.2020 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliyaning “Botafogo” klubi vingeri Luis Enrike faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, “keksa sinora” 18 yoshli braziliyalik futbolchini biror bir yaqin jamoa orqali sotib olmoqchi. Enrike aynan mana shu jamoada bir-ikki mavsum o‘ynab Evropa ittifoqi pasportiga ega bo‘lgach “Yuve” uni o‘ziga qaytarib oladi.

Aytish lozimki, Enrikening transferi bilan mashhur agent Jorje Mendesh shug‘ullanmoqda. Uning Rio-de-Janeyro klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 4 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!