"Yuventus"ning ikki futbolchisi mavsumni Bundesligada yakunlashi mumkin
"Yuventus"ning 2 nafar futbolchisi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida "Borussiya" Dortmundga ko‘chib o‘tishlari mumkin.
Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi yarim himoyachi Emre Jan va hujumchi Mario Manjukichlar bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ular germaniyalik va xorvatiyalik futbolchilar uchun “keksa sinora”ga 30 million evro to‘lashmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Mauritsio Sarri "Yuventus" bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganidan buyon yuqorida nomlari tilga olingan ikkala futbolchi ham asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotdi.
Ma’lumot uchun, Jan bu mavsum “Yuve” safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Manjukichga joriy mavsum maydonga tushish hozircha nasib etmadi.
Fikrlar