"Yuventus"ning yana bir asosiy futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 18.03.2020 00:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Turinning “Yuventus” klubi rasmiy sayti jamoaning yana bir futbolchisida COVID-19 virusi aniqlanganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra koronavirusga qarshi test topshirgan yarim himoyachi Blez Matyuidining tahlillari ijobiy natija bergan. JCh-2018 g‘olibi 11 mart kunidan buyon o‘z uyida davolanmoqda. Unda hozircha kasallikning hech qanday alomatlari yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus “Yuventus”da dastlab himoyachi Daniele Ruganida aniqlangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!