Zabit Magomedsharipovning keyingi raqibi kim bo‘ladi?
Rossiyalik yarim engil vazn toifasidagi Zabit Magomedsharipov Moskvada bo‘lib o‘tgan UFC Fight Night 163 turnirida Kelvin Kattar ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kattar juda xavfli jangchi edi. Rostini aytsam, jangga unchalik tayyor emasdim. Menda infektsiya paydo bo‘ldi va antibiotiklardan foydalanishga majbur bo‘ldim. Shuning uchun, o‘zimni u darajada yaxshi xis qilmagandim.
Endi, Maks Xollouey va Aleks Volkanovskiy g‘olibi bilan jang qilish istagidaman. Bu to‘qnashuvga tayyorman ”, -dedi Magomedsharipov jangdan keyin.
Fikrlar