Zarruh Adashev vazn o‘lchash va ko‘z urishtirish marosimida ishtirok etdi (Video)

  • 19.01.2021 14:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Ertaga UFCdagi ikkinchi hamyurtimiz mos ravishda ushbu promoushendagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. 

Abu-Dabida joylashgan “Janglar oroli”dagi “UFC Fight Island 8” turnirida yurtdoshimizga xitoylik Su Mudaerji raqiblik qiladi. Bugun, mazkur jang avvalidagi vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jangchilar belgilangan me’yorini bajardi. Darvoqe, Adashev super engil vazn (53-57 kg) toifasida o‘z jangini o‘tkazadi. 

Ma’lumot uchun, yurtdoshimizning rekordi 3 g‘alaba va ikki mag‘lubiyatdan iborat bo‘lsa, xitoylik raqibi 13 g‘alaba va to‘rt mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, ushbu janglarining z tasini UFC promoushenida o‘tkazib, ularning ikkitasida g‘alabaga erishgan.

Quyida, vazn o‘lchash va ko‘z urishtirish marosimidan lavhani tomosha qilishingiz mumkin.
Anvar Boynazarov MMAda ikkinchi jangini o‘tkazadi. Jang sanasi va raqib ma’lum

Ertaga, Zarruh Adashev UFCda navbatdagi jangini o‘tkazadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!