
Zarruh Adashevning UFCdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi
MMA jangchisi Zarruh Adashev UFC bilan shartnoma imzolagani haqida habar bergan edik. Uning UFCdagi debyut jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi. Adashev 13 iyun kuni UFC on ESPN 10 doirasida o‘ta engil vaznda UFC reytingida 72-pog‘onada borayotgan Tayson Namga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Tayson Nam aslida Rayan Benoitga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Benoitga qarshi jang bo‘lmaydigan bo‘ldi va Namga raqib sifatida hamyurtimiz Adashev rasman tasdiqlandi.
Tayson Nam oxirgi ikki jangida ketma-ket Serxio Pettis va Kay Karaga ochkolar hisobida imkoniyatni boy bergan. Namning hozirga qadar rekordi 18 ta g‘alaba va 11 mag‘lubiyatdan iborat.
Fikrlar