Zaynab Dayibekova Osiyo oʻyinlarida medal oldi
Mahoratli qilichbozimiz musobaqaning soʻnggi hal qiluvchi final bahsida ikki karra jahon chempioni, mezbon mamlakat sportchisi Misaki Emuraga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Zaynab Dayibekova yakkalik bahslarini ikkinchi oʻrinda yakunladi.
XX yozgi Osiyo oʻyinlarining qilichbozlik boʻyicha ayollar oʻrtasidagi sablya dasturida Zaynab Dayibekova kumush medalga sazovor boʻldi.
Oʻzbekiston delegatsiyasining Osiyo oʻyinlaridagi medallari soni 4 ta oltin, 12 ta kumush, 8 ta bronza jami 23 taga yetdi.

Fikrlar