
"Zenit" Cherishevni Rossiyaga qaytaradi
"Valensiya" klubi vingeri Denis Cherishev faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
"SE" nashri muxbiri Igor Rabinerning xabar berishicha, 29 yoshli rossiyalik futbolchi mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Zenit” klubi bilan deyarli kelishuvga erishgan. Hozircha transfer narxi e’lon qilinmayapti. Ammo, ayrim manbalarga ko‘ra piterliklar Cherishev uchun 15 mln evro to‘lashadi.
Cherishev joriy mavsum 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar