Zidan Benzema va Kanteni Frantsiya terma jamoasiga qaytaradimi?

  • 20.09.2026 13:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan 38 yoshli hujumchi Karim Benzema va 35 yoshli yarim himoyachi N’Golo Kante milliy terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

- Men u Benzema bilan “Real”da ko‘plab ajoyib yillarni o‘tkazganman. Karim Benzemani hurmat qilaman, ammo u endi yosh emas. Kante bilan ham vaziyat shunga o‘xshash.

Ularning erishgan barcha yutuqlari va faoliyatiga qoyil qolaman... ammo bugun menga yoshroq futbolchilar kerak, - deb Zidanning so‘zlarini RMC Sport keltirgan.

Benzema Frantsiya terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini 2022 yilda o‘tkazgan. Kante esa 2026 yildgi Jahon chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan, ammo turnirda biror daqiqa ham maydonga tushmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!