Zidan Beyl va Xames haqida gapirdi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Xames Rodriges va Garet Beyllar haqida gapirib o‘tdi.
“Xames va Beyl “Real” futbolchilaridir. Ular jamoaning muhim a’zolari hisoblanishadi. Ayni damda men “Real” tarkibiga kiradigan barcha futbolchilarni rejamga kirityapman. Ammo, 31 avgustgacha hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hozircha ularning barchasi “Real” uchun o‘ynayapti. Men esa murabbiy sifatida barcha futbolchilardan foydalanishim kerak”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 30 yoshli Beylga Xitoyning "Tszyansu Sunin" klubidan takliflar bo‘lgan edi. Biroq, "Real" so‘nggi damda uni sotishni xohlamadi.
27 yoshli Xamesga esa "Napoli" va "Atletiko"dan qiziqishlar mavjud. Ammo, hozircha uning transferi amalga oshgani yo‘q.
Fikrlar