
Zidan "Chelsi"ga qarshi o‘yin oldidan: Futbolda mo‘’jiza bo‘lmaydi
Xabaringiz bor, 5-dan 6 aprelga o‘tar kechasi Chempionlar Ligasining ikkinchi finalchisi nomi ma’lum bo‘ladi. Londondagi "Stemford Bridj" stadionida "Chelsi" "Real"ni mehmon qiladi.
Tomonlarning Madriddagi to‘qnashuvida tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynagandi. Bugungi bellashuv oldidan "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Hissiyotlari ajoyib. Biz ushbu uchrashuvda qatnashyotganimizdan xursandmiz. Ertaga nima qilishimiz kerakligini bilamiz va muvaffaqiyat uchun bor kuchimizni beramiz.
Biz bu bosqichga tirishqoqlik, o‘zimizga bo‘lgan ishonch bilan erishdik. Futbolda mo‘’jiza bo‘lmaydi. Biz oldindagi 90 daqiqa davomida qo‘limizdan kelgancha o‘ynashimiz kerak. Biz Chempionlar Ligasi yarim finalidamiz, bu har kuni bo‘lmaydi. Futbolchilar ertangi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan.
Men faqat to‘p bilan muomala qilishimizdan xavotirdaman. Jamoaning qolgan qismi tayyor. Hozir Ramos o‘ynaydimi, deya olmayman. U jamoa bilan keldi, demak, u yaxshi. Va eng muhimi, sardor va rahbarimiz biz bilan".
"Chelsi"ga qarshi o‘yin oldidan "Real" muxlislari uchun 3 ta xushxabar! (qaydnoma)
Fikrlar