Zidan faoliyatini qaerda davom ettiradi? Mbappe "Real"ga qanday ultimatum qo‘ygan va nima uchun Falkao AQSh klubidan Rossiyaga ko‘chib o‘ta olmadi yoxud hafta dayjesti

  • 24 fevral, 2023, 17:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Zidan premer-liga klubini boshqaradi

Futbol olami Zinedin Zidanni sog‘indi. Frantsiyalik mutaxassis 2020/2021 yilgi mavsum oxirida "Real Madrid" murabbiyligini tark etgan edi va shundan beri ishsiz. Zidan yaqinda murabbiylik faoliyatini yaqin kelajakda davom ettirishiga ishora qildi. Xabarlarga ko‘ra, Zidan "Chelsi"ga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Londonliklar rahbariyati Grem Potter ishdan ketgan taqdirda Zidanni olib kelish variantini ilgari surmoqda.

Gvardiola Neymarni rad etdi

Matbuot Neymarning kelajagini faol muhokama qilishda davom etmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, PSJ ushbu mavsum oxirida braziliyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Shu bilan birga, parijliklar hujumchini munosib pulga sotishga tayyor, ya’ni, Parij klkubi Neymar transferidan 60-80 million evrogacha ishlab olmoqchi. Bu summa esa ko‘plab top-klublar uchun transferni amalga oshirish imkonini beradi.
Yaqinda Neymar "Manchester Siti"da bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Biroq bunday transfer amalga oshirilmaydi. Chunki Neymarni qo‘lga kiritish variantini "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rad etgan. Ispaniyalik mutaxassis braziliyalik hujumchining professionalligi va xulq-atvoriga shubha qilmoqda.

Mbappe "Real"ga ultimatum qo‘ydi

Kilian Mbappening kelajagi haqida har xil xabarlar tarqalishda davom etmoqda. 24 yoshli hujumchi "Real" bilan faol ravishda muzokara olib bormoqda. Matbuotda Mbappe Madrid klubi oldiga shart qo‘ygani haqida ma’lumot tarqaldi. Ya’ni, "qaymoqranglilar" jamoaga Mbappening do‘sti va jamoadoshi Ashraf Xakimini ham olib kelish shartini qo‘ygan. "Qirollik klubi" yuqori darajadagi o‘ng qanot himoyachisidan foydalanishi mumkin.

Ayni vaqtda Mbappeni Angliya premer-ligasining 3 ta top-klubi kuzatib bormoqda. Gap "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Chelsi" haqida ketmoqda.

Nima uchun Ronaldu agenti Mendesh bilan ishlashni to‘xtatdi?

Krishtianu Ronaldu agenti Xorxe Mendesh bilan xayrlashdi. Avvalroq, futbolchi Evropada unga klub topa olmagani uchun agent bilan ishlashni davom ettirishdan bosh tortgani xabar qilingandi. Endi matbuotda yangi ma’lumot paydo bo‘ldi. So‘nggi qadam Ronalduning jurnalist Pirs Morgan bilan shov-shuvli intervyusi bo‘ldi. Mendesh portugaliyalik forvardning bunday intervyu berish haqidagi qarorini "bema’nilik" deb atadi. Shundan so‘ng futbolchi va agent o‘rtasidagi uzilish muqarrar bo‘lib qoldi.

Qo‘shma Shtatlar afsonaviy futbolchining TsSKAga o‘tishiga ruxsat bermadi

Qishki transfer oynasida Rossiyaga Radamel Falkao ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Kolumbiyalik hujumchi TsSKAga ijaraga o‘tishga tayyor edi, ammo yakunda transfer amalga oshmadi. Xabarlarga ko‘ra, 37 yoshli Falkaoning rad javobi siyosiy vaziyat bilan bog‘liq. Advokatlar Radamelga Amerikaning rus klublariga qarshi sanktsiyalari tufayli TsSKAga o‘tmaslikni maslahat berdi. Kolumbiyalik tavakkal qilmaslikka qaror qildi, sababi uning AQShda ko‘chmas mulki bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!