Zidan FIFA 20 Ultimate Edition futbol simulyatori yuzi bo‘ladi (FOTO)
FIFA 20 Ultimate Edition futbol simulyatori muqovasida "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning surati bo‘ladi. Bu haqda EA Sports kompaniyasi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Zidan futbolchilik faoliyati davomida 2001-2006 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan. Oradagi qisqa muddatli to‘xtalishni inobatga olmaganda u 2016 yildan buyon “qirollik klubi”ni boshqarib kelmoqda.


Fikrlar