Zidan Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi

  • 28.07.2026 14:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning mashhur «Real» klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan Zinedin Zidan yana katta futbolga qaytdi. 54 yoshli mutaxassis endi Fransiya milliy jamoasini boshqarishni boshladi. Bu haqida mamlakat futbol federatsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy ma’lum qildi.

Zidan bilan tuzilgan shartnoma 2030 yilgacha mo‘ljallangan. U shu paytgacha terma jamoani boshqarib kelgan Didye Desham o‘rnini egalladi. Desham jamoa bilan ishini 2026 yildagi jahon chempionatidan so‘ng yakunlagan edi.

Shu yildagi mundial Shimoliy Amerikada o‘tkazildi. Fransiya terma jamoasi musobaqada yarim finalgacha yetib bordi. Ammo finalga chiqish arafasida «uch ranglilar» Ispaniyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa fransuzlar Angliyaga 4:6 hisobida yutqazib, to‘rtinchi o‘rin bilan cheklanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!