Zidan: Natija mantiqan to‘g‘ri bo‘ldi
«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «Tottenhem»ga (1:1) qarshi Chempionlar ligasi o‘yinidan so‘ng, o‘z fikrlarini aytdi.
«Tottenhem» bilan durang bizni xursand qilgani yo‘q, chunki o‘z uyimizda o‘ynagandik. Bu erda har doim g‘alaba qozonishni istaymiz. 
Yutib ketish uchun imkoniyatlarimiz bor edi. Ammo maydonda ikki zo‘r darvozabon harakat qildi.
«Tottenhem» futbolchilari ham yaxshi himoyalanishdi, yaxshi mehnat qilishdi, natija esa mantiqan to‘g‘ri bo‘ldi. 
Endi «Uembli»dagi o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
«Real» futbolchilari sifatli o‘yin namoyish qilishdi, hech narsani jiddiy o‘zgartirishga hojat yo‘q», - deya Zidanning so‘zlarini keltirgan UEFA matbuot xizmati.



Fikrlar