
Zidan o‘rniga yangi murabbiy topildi
“Real”da Zinedin Zidanning kursisi qimirlab qolganiga ancha bo‘lgan. Klubda ichki muhit yaxshi emasligi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Natijalar ham avvalgidek emas.
Shu bois, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres Zidanning o‘rniga Marselo Galyardoni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu mutaxassis ayni paytda Argentina chempionatida “River Pleyt”ni boshqarmoqda.
“River Pleyt” Galyardo qo‘l ostida qit’aning eng nufuzli musobaqasi – Libertadores kubogida ikki marotaba g‘olib chiqdi, uch marta Argentina kubogini oldi. Galyardoning o‘zi ikki marta Janubiy Amerikaning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.
Fikrlar