Zidan: "Real"ni Varansiz tasavvur qila olmayman

  • 2 aprel, 2019, 20:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hamyurti Rafael Varanni jamoadan ketishini xohlamayapti.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq frantsiyalik futbolchi yozda jamoadan ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.

“Real”ni Varansiz aslo tasavvur qila olmayman. U yosh va 8 yildan buyon Madrid klubida o‘ynab kelmoqda, unda hammasi yaxshi.

Ortiq hech narsa haqida izoh berishni xohlamayman. Muhimi shundaki, u hozir dunyoning eng zo‘r klubida to‘p surmoqda va ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi”, - deydi Zidan.

Eslatib o‘tamiz, Varan “Real” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!